🎙 Andrey Miklyayev: “Yigitlarga minnatdorlik bildiraman”

“Qizilqum”ga qarshi o’yindan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Miklyayev o’z fikrlarini bildirdi.

– Bugun g‘alati o‘tgan ikki xil taymning guvohi bo‘ldik. Albatta, bugun biz o‘zimiz istagandek o‘yin ko‘rsata olmadik. Menimcha, futbolchilarga bugun extiroslar yetishmadi. O‘tgan o‘yindan farqli ravishda bugun yigitlar biroz pastroq kuch bilan kurashishdi. Lekin ikkinchi bo‘limda tempni kuchaytira oldik. Qo‘lga kiritilgan bir ochko uchun yigitlarga rahmat aytaman.

Bugun g‘alaba qozonishimiz ham mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi. Darvozamiz oldida ko‘plab yaxshi vaziyatlar yaratildi. Ikkinchi taymda biroz tartibli va faolroq o‘yin ko‘rsatdik. Tan olish kerak, vaziyatlar yaratish borasida raqiblar ko‘proq faol bo‘ldi.

– Nima uchun jamoa birinchi bo‘limda biroz sustroq o‘ynadi?
– Oldinroq aytganimdek, yigitlarga jangovarlik xis-tuyg‘usi yetishmadi. Umuman olganda “Bunyodkor”ga qarshi og‘ir o‘yindan keyin tiklanishga ulgurmadik. Tabiiyki, tanaffusda o‘zgarishlar qilishga harakat qildik. Tushunarliki, ikkinchi bo‘limda qo‘sha oldik.

– Marat Bikmayevning holati haqida.
– Marat kichik jarohat olgan. Ertaga tekshirib, o‘zimiz ham javobini bilib olamiz.