Bugun futbol. “Qizilqum” – “Lokomotiv” ⚽️

Bugun Navoiy shahrida Superliga 20-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Lokomotiv” bahsi bo‘lib o‘tadi. 👇

Turnir jadvalida “Lokomotiv” 25 ochko to‘plab 7-o‘rinda boryapti. “Qizilqum” esa 17 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi davra boshlanganidan so‘ng har ikki jamoa 6tadan uchrashuv o‘tkazdi.

“Lokomotiv” 6 o‘yindan to‘rttasida g‘alaba qozonib, bir bor durang qayd etdi va bitta uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi. “Qizilqum”ga kelsak, bu jamoa ikkita o‘yinda g‘alabaga erishib, uch bor mag‘lubiyatga uchradi va bitta bahsda durang o‘ynadi.

Bilasizmi? “Qizilqum” oxirgi 2ta uy uchrashuvini g‘alaba bilan yakunladi. Navoiylik “oltin izlovchilar” uyda “Mash’al” va “Qo‘qon-1912″dan ustun kelishdi.

“Lokomotiv” oxirgi uchta safar bellashuvida 3 xil natija qayd etdi: “Buxoro” ustidan g‘alaba, “Metallurg” bilan durang va “So‘g‘diyona”ga qarshi bahsda mag‘lubiyat.

Toshkentda kechgan birinchi davra o‘yinida “Lokomotiv” 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. O‘tgan yil Navoiyda bo‘lib o‘tgan bahs 1:1 hisobida yakun topgan.

⚽️ 2019. “Qizilqum” – “Lokomotiv” 1:1
⚽️ 2018. “Qizilqum” – “Lokomotiv” 0:3
⚽️ 2017. “Qizilqum” – “Lokomotiv” 0:2
⚽️ 2016. “Qizilqum” – “Lokomotiv” 0:1
⚽️ 2015. “Qizilqum” – “Lokomotiv” 0:2

Navoiyda kechgan oxirgi 5ta o‘yinning to‘rttasida “Lokomotiv” g‘alaba qozongan hamda umuman gol o‘tkazmasdan. Umumiy hisobda to‘plar nisbati 1-9.

Fakt: “Loko” hujumchisi Marat Bikmayev o‘tgan yilni hisobga olmaganda, bungacha Navoiyda o‘tkazilgan oxirgi 4ta o‘yinning hammasida gol urgan. U 2015, 2016, 2017, 2018 yilgi mavsumlarda ketma-ket “Qizilqum” darvozasiga to‘p kiritgan.