Bugun futbol. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” ⚽️

✅ Bugun Сoca Cola Superligasining 19-turidan o‘rin olgan uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 👇

👉 Muxlislar Toshkentda poytaxt derbisi guvohi bo‘lishadi. “Lokomotiv” o‘z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qiladi. Turnir jadvalida “Lokomotiv” 22 ochko to‘plab 9-o‘rinda bormoqda. “Bunyodkor” hisobida 29 ochko bo‘lib, bu jamoa 6-o‘rinni egallab turibdi.

👉 “Lokomotiv”da to‘plar nisbati 21-33. “Bunyodkor”da 26-23. “Loko” shu paytgacha 7ta, “Bunyodkor” esa 8ta bellashuvda zafar quchgan.

👉 “Temiryo‘lchilar” ikkinchi davrani ketma-ket 3 g‘alaba bilan boshlashdi. Andrey Miklyayev shogirdlari dastlab “Andijon”, so‘ngra “Navbahor” bilan “Buxoro”ni mag‘lub etishdi. Oxirgi 3ta turni safarda o‘tkazgan “Lokomotiv” uch xil natija qayd etdi: “Buxoro” bilan o‘yinda g‘alaba, Bekobodda “Metallurg”ga qarshi durang va Jizzaxda “So‘g‘diyona”dan mag‘lubiyat.

👉 “Bunyodkor” ikkinchi davra boshlanganidan beri hozircha 4ta uchrashuv o‘tkazdi. Bunda ikkita g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etildi. “Qaldirg‘ochlar” “Surxon” va “Mash’al”dan ustun kelib, avvalgi ikki turda AGMK va “Qo‘qon-1912″ga imkoniyatni boy berishdi. “Bunyodkor”ning 18-tur “Paxtakor” bilan o‘yini noyabr oyiga qoldirilgan.

✅ Fakt: 2015 yildan beri “Lokomotiv” o‘z maydonida “Bunyodkor”ga qarshi olti marta bahs olib borib, shundan 4tasida g‘alaba qozongan va ikki bor durang o‘ynagan. To‘plar nisbati 11-4.

2019. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 0:0
2018. 2-bosqich. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 2:1
2018. 1-bosqich. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 3:1
2017. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 3:2
2016. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 0:0
2015. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 3:0

photo_2020-10-19_13-11-40