Futzal. “Lokomotiv” “Qo’qon-1912″ni mag’lub etdi

Bugun futzal bo’yicha 6-tur uchrashuvlari start oldi. Birinchi kungi bahslarda “Lokomotiv” futzal jamoasi “Qo’qon-1912″ga qarshi bahs olib bordi va 7:5 hisobida g’alabaga erishdi.
Jamoamiz tarkibida Sarvar Shoahmedov hamda Xayrulla Solihov dubl qayd etgan bo’lsa, Mirzoxid Xaydarxo’jayev, Jamoliddin Sharipov hamda Bobur Ergashev bittadan gol urdi.

🔴 QO’QON-1912 — LOKOMOTIV 5:7

⚽️ Rahmatullo Meliboyev (4 pen), Po’lat Kirgizov (19, 23, 36), Alisher To’xtaboyev (40) — Sarvar Shoaxmedov (5, 30), Mirzohid Xaydarxodjayev (6), Xayrulla Solihov (8, 36), Jamoliddin Sharipov (20), Bobur Ergashev (39)