“Lokomotiv” uchun sentyabr qanday o‘tdi? 🚂⚽️

O‘tgan oy “Lokomotiv” PFK tasarrufidagi deyarli barcha jamoalarimiz rasmiy o‘yinlarda maydonga tushishdi. Quyida shu haqda so‘z yuritamiz.

✅ Asosiy jamoamiz
Andrey Miklyayev boshchiligidagi asosiy jamoamiz sentyabrda 4ta uchrashuvda maydonga tushib, uch g‘alaba va bir durang qayd etdi. Futbolchilarimiz dastlab ikkinchi davraning ilk o‘yinida “Andijon”ni mag‘lub etib qaytishdi. So‘ngra uyda “Navbahor” 1:0 hisobida mag‘lub etildi. Keyingi ikkita turni yana safarda o‘tkazgan “temiryo‘lchilar” “Buxoro” ustidan 3:1 hisobida zafar quchib, Bekobodda “Metallurg” bilan 2:2 o‘ynashdi.

⚽️ 14-tur. 10 sentyabr. “Andijon” – “Lokomotiv” 0:1
⚽️ 15-tur. 15 sentyabr. “Lokomotiv” – “Navbahor” 1:0
⚽️ 16-tur. 20 sentyabr. “Buxoro” – “Lokomotiv” 1:3
⚽️ 17-tur. 25 sentyabr. “Metallurg” – “Lokomotiv” 2:2

✅ U-21 jamoamiz
Dilshod Nuraliyev qo‘l ostidagi U-21 jamoamiz ham akalari kabi sentyabrda to‘rt bor maydonga tushishdi. Bu o‘yinlarda ikkita g‘alaba va ikki mag‘lubiyat qayd etildi. Yoshlarimiz safarda “Andijon” va uyda “Navbahor” U-21 jamoalaridan ustun kelib, “Buxoro” bilan “Metallurg”ga qarshi bellashuvlarda imkoniyatni boy berishdi.

⚽️ 14-tur. 9 sentyabr. “Andijon” – “Lokomotiv” 0:2
⚽️ 15-tur. 14 sentyabr. “Lokomotiv” – “Navbahor” 2:1
⚽️ 16-tur. 19 sentyabr. “Buxoro” – “Lokomotiv” 4:0
⚽️ 17-tur. 24 sentyabr. “Metallurg” – “Lokomotiv” 3:2

✅ Futzal jamoamiz
Ahad Yusupov boshqaruvidagi “Lokomotiv” futzal jamoasi sentyabrda beshta uchrashuv o‘tkazdi. Achinarlisi, bu o‘yinlarning hammasi mag‘lubiyat bilan yakun topdi. Futzalchilarimiz chempionatning to‘rtta o‘yinida, shuningdek O‘zbekiston Superkubogida bahs olib borishdi. Mana shu beshta o‘yinda to‘plar nisbati 9-22 ko‘rinish oldi.

⚽️ 4-tur. 19 sentyabr. “Lokomotiv” – “Metallurg” 2:4
⚽️ 4-tur. 21 sentyabr. “Lokomotiv” – “Paxtakor” 3:4
⚽️ O‘zbekiston Superkubogi 22 sentyabr. “Lokomotiv” – AGMK 1:2
⚽️ 5-tur. 28 sentyabr. “Lokomotiv” – “Metallurg” 0:5
⚽️ 5-tur. 30 sentyabr. “Lokomotiv” – “Paxtakor” 3:7

✅ Ayollar jamoamiz
Farhod Murotov murabbiylik qilayotgan “Lokomotiv-W” qizlar jamoamiz ham o‘tgan oy besh marta maydonga tushishdi. Qizlarimiz ikki bor g‘alaba qozonib, uchta bellashuvda imkoniyatni boy berishdi. Bu o‘rinda “Surxon-W” ayollar jamoasining 17:0 hisobida mag‘lub etilgani e’tiborga molik.

⚽️ 2-tur. 10 sentyabr. “Bunyodkor” – “Lokomotiv-W” 7:0
⚽️ 3-tur. 13 sentyabr. “Lokomotiv-W” – “Surxon” 17:0
⚽️ 4-tur. 18 sentyabr. “So‘g‘diyona” – “Lokomotiv-W” 5:1
⚽️ 5-tur. 23 sentyabr. “Lokomotiv-W” – “Sevinch” 1:4
⚽️ 6-tur. 28 sentyabr. “Qizilqum” – “Lokomotiv-W” 0:2

✅ Futbol maktabimiz
Karantin cheklovlari kamaytirilgach futbol bo‘yicha Toshkent shahar chempionatiga ham start berildi. Ushbu musobaqada futbol maktabimizning 6ta jamoasi ishtirok etmoqda. Bular – 2004 (murabbiy Saydullo Tursunov), 2005 (murabbiy Saydullo Tursunov), 2006 (murabbiy Sunnat Ro‘ziyev), 2007 (murabbiy Sunnat Abdurasulov) hamda 2008 (murabbiylar Stanislav Proxorov, Bobur Abdurahmonov) yillarda tug‘ilgan futbolchilar. Shahar chempionatida 2008 yilgi tarbiyalanuvchilarimiz ikki guruhga bo‘lingan holda ishtirok etishyapti. Quyida sentyabr oyida o‘tkazilgan chempionat natijalarini keltirib o‘tamiz.

⚽️ 1-tur. 12-13 sentyabr
2008. “Lokomotiv-B” – “Bunyodkor-A” 2:0
2008. “Bunyodkor-B” – “Lokomotiv-A” 0:1
2007. “Bunyodkor-B” – “Lokomotiv” 1:4
2006. “Bunyodkor-B” – “Lokomotiv” 0:4
2005. “Bunyodkor-B” – “Lokomotiv” 1:2
2004. “Bunyodkor-B” – “Lokomotiv” 2:1

⚽️ 2-tur. 19-20 sentyabr
2008. “Lokomotiv-B” – BO‘SM-16 7:1
2008. “Lokomotiv-A” – “Oqtepa” 1:0
2007. “Lokomotiv” – ROZSK 2:3
2006. “Lokomotiv” – “Oqtepa” 16:0
2005. “Lokomotiv” – “Oqtepa” 5:1
2004. “Lokomotiv” – “Oqtepa” 0:2

⚽️ 3-tur. 26-27 sentyabr
2008. “Lokomotiv-B” – “Sergeli” 8:1
2008. “Spartak” – “Lokomotiv-A” 1:1
2007. “Spartak” – “Lokomotiv” 0:8
2006. “Spartak” – “Lokomotiv” 0:0
2005. “Spartak” – “Lokomotiv” 0:0
2004. “Spartak” – “Lokomotiv” 2:1