Bugun futbol. “So‘g‘diyona” – “Lokomotiv” 🚂⚽️

Bugun Jizzax shahrida Superliganing 18-turidan o‘rin olgan bahs bo‘lib o‘tadi. 👇

Bunda “Lokomotiv” “So‘g‘diyona” mehmoni bo‘ladi. Jizzaxdagi markaziy stadionda kechadigan uchrashuv soat 17:00da boshlanadi va “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda namoyish etiladi.

✅ Ikkinchi davra boshlanganidan beri “Lokomotiv” 4ta o‘yin o‘tkazib, shundan uchtasida g‘alaba qozondi va bir bor durang o‘ynadi. “Temiryo‘lchilar” safarda “Andijon” bilan “Buxoro”ni, uyda esa “Navbahor”ni mag‘lub etishdi. Shuningdek, o‘tgan tur Bekobodda “Metallurg”ga qarshi bahsda durang qayd etildi.

✅ “So‘g‘diyona” ikkinchi davra startidan so‘ng hozircha 3ta o‘yinda maydonga tushdi. Jizzaxliklar dastlab o‘z uylarida “Mash’al”ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘yishdi. Keyingi tur jamoa safarda AGMK bilan 1:1 hisobini qayd etdi va 16-turni yana o‘z maydonida o‘tkazib “Qo‘qon-1912″ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Jamoaning “Paxtakor” bilan bo‘ladigan o‘yini boshqa kunga qoldirilgan.

✅ Toshkentda kechgan birinchi davra uchrashuvida “So‘g‘diyona” “Lokomotiv”ni mag‘lub etib ketgandi. Bugun “temiryo‘lchilar” o‘sha mag‘lubiyat alamini olishga urinib ko‘rishadi.