Bugun futbol. “Metallurg” – “Lokomotiv” ⚽️

✅ Bugun Superliga 17-tur o‘yinlariga start beriladi. “Lokomotiv” Bekobodda “Metallurg” mehmoni bo‘ladi. Bugungi bahs ham qiziqarli kechishi kutilmoqda. Negaki “Loko” ikkinchi davrada yaxshi start olib, qatorasiga uchta bellashuvda zafar quchdi.

👉 “Metallurg” ikkinchi davrani “Paxtakor”ga qarshi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshladi. Shundan so‘ng jamoa o‘z maydonida AGMKni 1:0 hamda safarda “Qo‘qon-1912″ni 2:0 hisobida dog‘da qoldirdi.

Birinchi davra o‘yinida jamoamiz 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Bugun o‘sha mag‘lubiyat alamini olishga urinib ko‘ramiz. Gʻalaba sari olg‘a, “temiryo‘lchilar”! 🚂💪