“Lokomotiv” “Mehnatchi” stadionida mashg‘ulot o‘tkazdi

Ertaga Superliga 16-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Lokomotiv” bahsi bo‘lib o‘tadi. Buxorodagi “Markaziy” stadionda ta’mirlash ishlari ketayotgani bois uchrashuv Muborakdagi “Bahrom Vafoyev” nomli stadionda tashkil etiladi.

“Lokomotiv” jamoasi vakillarining o‘yinoldi mashg‘uloti “Nasaf” yoshlari uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Mehnatchi” o‘yingohida olib borildi. Mashg‘ulotda jamoa bilan Qarshiga tashrif buyurgan barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Ertaga jamoamiz Muborakdagi o‘yinni o‘tkazib kechqurun yana Toshkentga qaytadi.