Bugun futbol. “Buxoro” – “Lokomotiv” ⚽️

Ikkinchi davrani ketma-ket ikkita g‘alaba bilan boshlagan “Lokomotiv” bugun safarda “Buxoro”ga qarshi bahs olib boradi. Bilasiz, avvalgi ikki turda “Andijon” va “Navbahor” jamoalari 1:0 hisobida mag‘lub etildi. 👍

Bugun esa jamoamiz qatorasiga 3-g‘alabasini nishonlashga urinib ko‘radi. “Buxoro” bilan o‘yin Muborakdagi “B.Vafoyev” nomli stadionda o‘tkaziladi va 17:00da boshlanadi. Uchrashuvni to‘g‘ridan to‘g‘ri “Sport” kanalida kuzatib borishingiz mumkin. 📺

“Temiryo‘lchilar”ga omad yor bo‘lsin, g‘alaba sari olg‘a! 🚂💪