Prevyu. “Lokomotiv” – “Navbahor” 🚂⚽️

15-16-17-sentyabr kunlari Coca Cola Superligasida 15-tur uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. 👇

✅ Bugun “Lokomotiv” oʻz maydonida “Navbahor”ga qarshi bahs olib boradi. Turnir jadvalida “Lokomotiv” 14ta oʻyindan soʻng 15 ochko bilan 10-oʻrinda boryapti. Jamoa 5 bor gʻalaba qozonib, 9 marta magʻlub boʻlgan. Toʻplar nisbati 14-28. “Lokomotiv” ushbu mavsumda durang o’ynamagan yagona jamoa bo’lib turibdi.

✅ “Navbahor” esa 20 ochko toʻplagan holda 7-oʻrinni egallab turibdi. Namanganliklar hisobida 5 g’alaba, 5 durang, 4 magʻlubiyat boʻlib, toʻplar nisbati 17-13ga teng.

✅ Qizigʻi shundaki, har ikki jamoa ham so’nggi 6 o’yinida faqatgina 1 marta g’alabaga erishdi. “Loko” ketma-ket 5 marta mag’lub bo’ldi: “Mash’al” (0:1), AGMK (1:3), “Qo’qon-1912” (1:2), “Paxtakor” (0:7) va “Nasaf” (0:4). O’tgan turda esa jamoa “Andijon” (1:0) maydonidan g’alaba bilan qaytdi. “Navbahor” esa “Qizilqum”ni (1:0) dog’da qoldirganidan keyin 3 durang va 2 mag’lubiyat qayd etdi: “Surxon” (1:1), “Mash`al” (0:1), AGMK (1:1), “Qo’qon-1912” (0:1), “Paxtakor” (1:1).

✅ Navbatdagi toʻqnashuv oldidan mezbon “Lokomotiv”ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Jamoa birinchidan oʻz maydonida oʻynaydi. Ikkinchidan jamoa tarkibida mahoratli futbolchilar koʻproq. Shuningdek, “Navbahor”ning g’alabasiz o’yinlari seriyasi 5taga yetgan. Biroq namanganliklar so’nggi paytlarda hujumkor futbol namoyish etayotganini, “Lokomotiv”da esa yangi murabbiylar shtabi ish boshlaganini inobatga o’lsak, uchrashuv qiziqarli kechishi kutilmoqda.

P.S. “Lokomotiv” – “Navbahor” bahsini bugun soat 18:30dan boshlab “Mahalla” telekanalida toʻgʻridan toʻgʻri tomosha qiling. 📺