Yoshlarimiz “Bunyodkor” bilan durang oʻynashdi

Bugun “Lokomotiv” U-21 jamoasi “Bunyodkor” U-21ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi.

“Bunyodkor” maydonida kechgan bahs 1:1 hisobida yakun topdi. “Temiryoʻlchilar” safida Toxir Rafaelov gol muallifi boʻldi.

Yoshlarimiz navbatdagi uchrashuvni U-21 birinchiligi 14-tur doirasida “Andijon”ga qarshi oʻtkazishadi. Mazkur bellashuv 9-sentyabr kuni Andijonda boʻlib oʻtadi.