Futzal. “Lokomotiv” Oʻzbekiston Superkubogida ishtirok etadi 💪

✅ 22-sentyabr kuni AGMK va “Lokomotiv” oʻrtasida futzal boʻyicha Oʻzbekiston Superkubogi 🏆 oʻtkaziladi. “Lokomotiv” mazkur bahsda 2019-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finalchisi sifatida ishtirok etadi.

👉 Futzal musobaqalari reglamentiga koʻra chempionlik va Kubokni bitta jamoa qoʻlga kiritsa, Kubok finalchisi Superkubokda oʻynaydi. 22-sentyabr kungi bahs Olmaliq shahrida oʻtkaziladi. Shuningdek, bu yilgi Oʻzbekiston chempionatining 4-tur oʻyinlari ham (19-21-sentyabr) Olmaliqda tashkil etiladi.

#Futzal #LPFC #LokomotivUzb #GoReds