Oʻrtoqlik uchrashuvida gʻalaba 🚂💪

Superliga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik koʻrayotgan “Lokomotiv” bugun AGMKga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi. 👇

TTYMI stadionida kechgan bahsda “temiryoʻlchilar” 1:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Birinchi taymda Marat Bikmayev tomonidan kiritilgan gol jamoamizga gʻalaba keltirdi. Eslatib oʻtamiz, “Lokomotiv” ikkinchi davrani 10-sentyabr kuni safarda “Andijon”ga qarshi bahs bilan boshlaydi.

⚽️ Oʻrtoqlik uchrashuvi. 05.09.2020

“Lokomotiv” – AGMK 1:0
Gol: Marat Bikmayev

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev, Farrux Ibrohimov, Dilshod Komilov, Kaxi Maxaradze, Shahzod Shaymanov, Saveliy Abramov, Gʻulom-Haydar Gʻulomov, Azizbek Amonov, Marat Bikmayev.

Zaxiradan tushganlar: Rustam Nartajiyev, Avazbek Oʻlmasaliyev, Jahongir Abdumoʻminov, Shohjahon Qilichev, Kirill Pogrebnyak, Abdul-Aziz Yusupov, Ibrohim Gʻanixonov, Jaloliddin Jumaboyev, Javohir Alijonov, Jamshid Saidvaqqosov, Temurxoʻja Abduxoliqov.