🚂 “Lokomotiv” bugun “boksing dey”dagi oxirgi uchrashuvini oʻtkazadi

Superliga birinchi davrasining oxirgi toʻrt turi markazlashgan tartibda oʻtkazilayotganidan xabaringiz bor. Buning natijasida klublar har 3-4 kunda maydonga tushishyapti. 👇

“Lokomotiv” bugun “boksing dey”dagi oxirgi oʻyinini “Nasaf”ga qarshi oʻtkazadi va shu bilan birinchi davra tugaydi. 12 oʻyinda 20 ochko yiqqan “Nasaf” turnir jadvalida 5-oʻrinni egallab turibdi. “Lokomotiv” hisobida 12 ochko boʻlib, “temiryoʻlchilar” 10-oʻrinda borishyapti.

✅ “Lokomotiv” karantindan soʻng uchta oʻyinda maydonga tushib, afsuski uchalasida ham imkoniyatni boy berdi. Jamoamiz AGMK, “Qoʻqon-1912” va “Paxtakor” bilan kechgan bahslarda magʻlub boʻldi. “Nasaf” esa oxirgi 3 turda uch xil natija qayd etdi: “Soʻgʻdiyona” ustidan gʻalaba, “Paxtakor”dan magʻlubiyat va “Bunyodkor” bilan durang.

👍 “Temiryoʻlchilar” bugun birinchi davraning oxirgi oʻyinida maydonga tushishadi. Umid qilamizki, “Nasaf”ni magʻlub etib ikkinchi davraga koʻtarinki kayfiyatda yoʻl olamiz.