“Lokomotiv” sentyabrda 4ta oʻyin oʻtkazadi 🚂⚽️

PFL sentyabr uchun Superliganing ikkinchi davra taqvimini ishlab chiqdi. Unga koʻra, “Lokomotiv” 14-turni 10-sentyabr kuni “Andijon”ga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Umuman olganda keyingi oy “Loko” Superliganing toʻrtta oʻyinida maydonga tushadi. Bu uchrashuvlar 10, 15, 20, 25-sentyabrga belgilangan.

✅ 14-tur. 10 sentyabr, payshanba
ANDIJON — LOKOMOTIV

✅ 15-tur. 15 sentyabr, seshanba
LOKOMOTIV — NAVBAHOR

✅ 16-tur. 20 sentyabr, yakshanba
BUXORO — LOKOMOTIV

✅ 17-tur. 25 sentyabr, juma
METALLURG — LOKOMOTIV