Bugun futbol. AGMK – “Lokomotiv” ⚽️

Bugun bir oy davom etgan tanaffusdan soʻng Superliga bahslari yana davom ettiriladi. 👇

Xabaringiz bor, birinchi davraning navbatdagi 4 turi markazlashgan tartibda oʻtkaziladi. Shu bois jamoalar neytral stadionlarda oʻynaydi. Bugun “Lokomotiv” “Bunyodkor” stadionida AGMKga qarshi bahs olib boradi.

✅ Turnir jadvalida AGMK 21 ochko bilan ikkinchi oʻrinda boryapti. Toʻplar nisbati 13-6. “Loko” esa 12 ochko toʻplab 8-oʻrinni egallab turibdi. Toʻplar nisbati 11-12.

✅ AGMK hozircha Superligada yutqazmagan yagona klub. Jamoa hisobida 6ta gʻalaba va 3 durang bor. “Lokomotiv” 9ta oʻyinning 4tasida gʻalabaga erishib, besh bor magʻlub boʻldi.

✅ Bungacha ketma-ket uchta turni uyda oʻtkazgan “temiryoʻlchilar” shundan ikkitasida zafar quchib bir bor magʻlub boʻlishdi. “Loko” “Qizilqum” va “Surxon”dan ustun kelib, kutilmaganda “Mashʼal”ga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

✅ AGMK esa qatorasiga 6ta bellashuvda gʻalaba qozonib, oxirgi oʻyinida durang oʻynadi. Olmaliqliklar Toshkentda “Paxtakor” bilan 2:2 hisobini qayd etishdi.