Oʻrtoqlik oʻyinida gʻalaba 🚂💪

Superliganing navbatdagi turiga tayyorgarlik koʻrayotgan “Lokomotiv” bugun birinchi liga vakili “Rubin”ga qarshi nazorat bahsi oʻtkazdi. TTYMI stadionida boʻlib oʻtgan uchrashuvda “temiryoʻlchilar” 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Diyor Turopov, Toxir Rafaelov hamda Dilshod Komilov tomonidan kiritilgan gollar jamoamizga gʻalaba keltirdi. “Loko”ning navbatdagi uchrashuvi rasmiy maqomda boʻladi. 17-avgust, dushanba kuni “Lokomotiv” Superliga 10-turida AGMKga qarshi bahs olib boradi. “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadigan bellashuv soat 19:00da boshlanadi.

⚽️ Oʻrtoqlik uchrashuvi. 13.08.2020

✅ “Lokomotiv” – “Rubin” 3:1

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Shuhrat Muhammadiyev, Farrux Ibrohimov, Slavko Damyanovich, Sherzod Fayziyev, Vadim Afonin, Davron Umirov, Avazbek Oʻlmasaliyev, Marat Bikmayev, Temurxoʻja Abduxoliqov, Kirill Pogrebnyak.

Zaxiradan tushganlar: Rustam Nartajiyev, Diyor Turopov, Javohir Alijonov, Ibrohim Gʻanixonov, Dilshod Komilov, Shahzod Shaymanov, Kaxi Maxaradze, Jaloliddin Jumaboyev, Asadbek Ergashev, Toxir Rafaelov.