“Lokomotiv” birinchi davraning qolgan 4ta turini “Bunyodkor”, OKMK, “Metallurg” va “Jar” stadionlarida oʻtkazadi 🚂⚽️

Bugun PFL Superliga birinchi davrasining navbatdagi 4 turi uchun stadionlar va oʻyinlar boshlanish vaqtini eʼlon qildi. Maʼlumki, navbatdagi turlar markazlashgan tartibda Toshkent shahri va Toshkent viloyati stadionlarida oʻtkaziladi. Yaʼni bunda hech qaysi klub oʻz maydonida oʻynamaydi.

✅ 10-tur. 17-avgust, dushanba
⚽️ AGMK – “Lokomotiv” 🏟 “Bunyodkor” stadioni. 19:00

✅ 11-tur. 21-avgust, juma
⚽️ “Lokomotiv” – “Qoʻqon-1912” 🏟 OKMK stadioni. 18:30

✅ 12-tur. 24-avgust, dushanba
⚽️ “Paxtakor” – “Lokomotiv” 🏟“Metallurg” stadioni. 18:30

✅ 13-tur. 27-avgust, payshanba
⚽️ “Lokomotiv” – “Nasaf” 🏟 “Jar” stadioni. 17:00