“Lokomotiv” oʻrtoqlik uchrashuvida durang qayd etdi

Superliga birinchi davrasining navbatdagi turiga tayyorgarlik koʻrayotgan “Lokomotiv” bugun oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi. Jamoamiz TTYMI stadionida “Buxoro”ga qarshi bahs olib bordi. Oʻyinning birinchi boʻlimida hisob ochilmadi. Tanaffusda bosh murabbiy Andrey Fyodorov darvozabon Javohir Ilyosovni maydonda qoldirgan holda barcha futbolchilarni almashtirdi.

Oʻyinda gollar ikkinchi taymda kiritildi. Dastlab yosh futbolchimiz Anvar Alijonov raqib darvozasiga toʻp kiritdi. “Buxoro” safida tajribali Suhrob Neʼmatov gol muallifi boʻldi. Shu tariqa oʻrtoqlik uchrashuvi 1:1 hisobi bilan yakun topdi.

⚽️ Oʻrtoqlik uchrashuvi. “Lokomotiv” – “Buxoro” 1:1

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Davron Hoshimov, Farrux Ibrohimov, Kaxi Maxaradze, Shuhrat Muhammadiyev, Vadim Afonin, Davron Umirov, Avazbek Oʻlmasaliyev, Javohir Alijonov, Marat Bikmayev, Kirill Pogrebnyak.

Zaxiradan tushganlar: Sherzod Fayziyev, Slavko Damyanovich, Jaloliddin Jumaboyev, Diyor Turopov, Asadbek Ergashev, Toxir Rafaelov, Shahzod Shaymanov, Jamshidbek Saidvoqqosov, Anvar Alijonov, Rejabboyev Abdumutal.