“Lokomotiv”da oʻzini koʻrsatgan legionerlar 🚂 ⚽️

Oʻtgan yillar mobaynida “Lokomotiv”da bir nechta xorijlik futbolchilar oʻynab ketdi. Yaxshi bilasiz, “Lokomotiv”ning oliy ligadagi dastlabki ishtiroki 2004-yilga toʻgʻri keladi. Shundan beri jamoa 2011-yilni hisobga olmaganda faqat elitada ishtirok etib kelmoqda. 👇

Quyida “temiryoʻlchilar” safida oʻzini koʻrsatgan 10 nafar legionerni keltirib oʻtamiz.

✅ Everton Kavalkante (Braziliya)
Oʻynagan yili: 2006, 2007, 2008.

Koʻpchilik Everton Kavalkanteni juda yaxshi eslasa kerak. Braziliyalik futbolchi “temiryoʻlchilar” safida uch mavsum toʻp tepib, oʻzidan iliq taassurot qoldirgandi. U ayniqsa tezkor va abjir harakatlari bilan ajralib turardi.

✅ Aleksandr Filimonov (Rossiya)
Oʻynagan yili: 2009, 2010.

Oʻzbekiston chempionatida ikki mavsumni oʻtkazgan rossiyalik darvozabon “Loko”ning yetakchilaridan biriga aylanib, unga hatto sardorlik bogʻichi ishonib topshirilgandi. Filimonov katta tajribaga ega emasmi, “Lokomotiv”da ham oʻzini koʻrsata olgan.

✅ Kaxi Maxaradze (Gruziya)
Oʻynagan yili: 2009, 2010, 2016, 2017, 2020.

Kaxi Maxaradze shubhasiz jamoa muxlislarining eng suyukli futbolchilaridan biri hisoblanadi. 2009-yil Oʻzbekistonga kelgan futbolchi shundan beri yurtimizda faoliyat yuritmoqda. Kaxi qaysi jamoada oʻynamasin, oʻzini toʻliq namoyon eta olgan.

✅ Yevgeniy Gogol (Rossiya)
Oʻynagan yili: 2010, 2013.

Gogolning ham Oʻzbekistondagi ilk klubi “Lokomotiv” hisoblanadi. Bir mavsum jamoamiz safida toʻp tepgan rossiyalik himoyachi shundan soʻng uch yilni Olmaliqda oʻtkazdi. Soʻngra yana “temiryoʻlchilar” tarkibiga qaytib bir mavsum harakat qilgandi.

✅ Jora Oganesyan (Armaniston)
Oʻynagan yili: 2012

“Lokomotiv”da Xoren Oganesyan ishlagan yil oʻzi bilan oʻgʻlini ham olib kelgandi. Aytish mumkinki, Jora Oganesyan ham ancha iqtidorli futbolchi ekan. U bir mavsum “Loko”da oʻynab oʻzidan yaxshi taassurot qoldirgan hamda “Paxtakor”ga oʻtib ketgandi.

✅ Akmal Xolmatov (Tojikiston)
Oʻynagan yili: 2013, 2014.

“Lokomotiv” 2012-yil oliy ligaga qaytgach yangi davr yoza boshladi. 2013-yil tarkibga legionerlardan Akmal Xolmatov taklif etilgandi. Ikki mavsumni “temiryoʻlchilar” libosida oʻtkazgan Xolmatov katta tajribasi tufayli bir nechta oʻyinlarda jamoaga yordam berdi.

✅ Nemanya Yanichich (Serbiya)
Oʻynagan yili: 2015, 2016.

Boʻydor himoyachi Yanichich asosan oʻzining kamtarinligi bilan ajralib turardi. Faoliyatining ikki yilini “Lokomotiv”da oʻtkazgan serbiyalik himoyachi maydonda oʻzini tutishi bilan koʻpchilikka oʻrnak boʻla oldi. U OCHLda ham oʻzini koʻrsatdi.

✅ Igor Yelich (Serbiya)
Oʻynagan yili: 2018, 2019.

“Lokomotiv”ga AGMKdan kelgan Igor Yelich uchun ayniqsa 2018-yilgi mavsum har jihatdan omadli kelgandi. Lekin oʻtgan yil uning oʻyini bir chiqib bir qovushmadi. Shunga qaramay Yelich ham mazmunli harakat qildi va klub tarixiga oʻz nomini yozib qoʻydi.

✅ Yovan Jokich (Serbiya)
Oʻynagan yili: 2019

Serbiyalik yana bir futbolchi Yovan Jokich oʻtgan mavsum “temiryoʻlchilar” sharafini himoya qildi. Bu futbolchi ham AGMKdan tashrif buyurgandi. Jokich bir yil jamoamizda oʻynab soʻngra yana Olmaliqqa qaytib ketdi. Oʻtgan yil u Superligada 24 bor maydonga tushdi.

✅ Arslanmirat Amanov (Turkmaniston)
Oʻynagan yili: 2019

Turkmaniston terma jamoasi sardori Arslanmirat Amanov ham oʻtgan yil “temiryoʻlchilar” safida faoliyat olib bordi. Superligada 23 oʻyinda maydonga tushgan futbolchi 4ta gol urdi. Amanovning kuchidan foydalansa u juda foydali ekanini isbotlay oldi.