14 jamoalik chempionatda “Lokomotiv” 9-turdan soʻng qaysi oʻrinlarda boʻlgan?

Maʼlumki, karantin tufayli Superligada 15-avgustga qadar tanaffus yuzaga kelgan. 👇

Shuni hisobga olib “Lokomotiv” faoliyatiga oid baʼzi raqamlarni berishda davom etamiz. Superligada bu yil hisobidan hozircha 9ta tur oʻyinlari oʻtkazildi. 9-turdan soʻng “ temiryoʻlchilar” 4 gʻalaba va 5 magʻlubiyat qayd etgan holda 12 ochko bilan 8-oʻrinni egallab turishibdi. Toʻplar nisbati 11-12.

Xoʻsh, avvalgi yillari 14 jamoa qatnashgan milliy chempionatda “Loko” 9-turdan keyin qaysi oʻrinlarda boʻlgan? Quyida shu raqamlarni keltirib oʻtamiz. Shuni aytish lozim, toshkentlik “temiryoʻlchilar” oliy ligada 2004-yildan beri qatnashib kelishyapti. Jamoa faqat 2010-yil birinchi ligaga tushib ketgan va bir yillik tanaffusdan soʻng 2012-yil yana elitaga qaytgan.

2020-yil
9 oʻyin, 4 gʻalaba, 0 durang, 5 magʻlubiyat, 12 ochko. Toʻplar nisbati 11-12. 8-oʻrin

2019-yil
9 oʻyin, 5 gʻalaba, 3 durang, 1 magʻlubiyat, 18 ochko. Toʻplar nisbati 15-7. 2-oʻrin

2014-yil
9 oʻyin, 6 gʻalaba, 3 durang, 0 magʻlubiyat, 21 ochko. Toʻplar nisbati 19-6. 2-oʻrin

2013-yil
9 oʻyin, 7 gʻalaba, 1 durang, 1 magʻlubiyat, 22 ochko. Toʻplar nisbati 23-9. 2-oʻrin

2012-yil
9 oʻyin, 2 gʻalaba, 5 durang, 2 magʻlubiyat, 11 ochko. Toʻplar nisbati 9-8. 6-oʻrin

2010-yil
9 oʻyin, 2 gʻalaba, 2 durang, 5 magʻlubiyat, 8 ochko. Toʻplar nisbati 5-13. 12-oʻrin

2005-yil
9 oʻyin, 5 gʻalaba, 1 durang, 3 magʻlubiyat, 16 ochko. Toʻplar nisbati 16-13. 5-oʻrin

2004-yil
9 oʻyin, 3 gʻalaba, 4 durang, 2 magʻlubiyat, 13 ochko. Toʻplar nisbati 9-5. 5-oʻrin