🎙 Andrey Fyodorov: “Raqib qanday bo’lishidan qat’i nazar “Lokomotiv” oldiga yuqori maqsadlarni qo’yadi”

🇺🇿 Kecha tashlangan O’zbekiston Kubogi guruh bosqichi qur’asi haqida “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

🗣 “Guruhimiz qiziqarli va teng kuchli jamoalar yig’ilgan. Ushbu jamoalar bilan ko’p o’ynaganmiz va jamoalarning kuchli va kuchsiz tomonlarini yaxshi bilamiz. Hozirda barcha jamoalarning kuchi teng. Raqib qanday bo’lishidan qat’i nazar “Lokomotiv” oldiga yuqori maqsadlarni qo’yadi. Biz mamlakat kubogi o’ynaladigan turnirga pozitiv qaraymiz va sovrinni qo’lga kiritishga harakat qilamiz. Hozirda guruhimizdagi favorit jamoani oldindan aytish qiyin. Undan tashqari kubok o’yinlarining o’tkazilish sanasi ham, klublar bunga qanday holatda borishini ham bilmaymiz”, – dedi Fyodorov.

🚂 Eslatib o’tamiz, jamoamiz O’zbekiston Kubogi guruh bosqichida “Buxoro”, “So’g’diyona” va “Sho’rtan” kabi jamoalarga qarshi bahs olib boradi.