Jamoamizning AGMK bilan oʻyinga tayyorgarligi davom etadi 🚂💪

Superliganing 10-turidan oʻrin olgan AGMK – “Lokomotiv” uchrashuvi bugun boʻlib oʻtishi lozim edi.

Biroq Superliga klublarida ham koronavirus bilan zararlanish holatlari kuzatilgani bois PFL tur oʻyinlarini 28-iyulga qoldirishga majbur boʻldi. Shu bois “temiryoʻlichlar” oʻyin amaliyotiga ega boʻlish maqsadida bugun ikki tarkibga boʻlingan holda sinov-nazorat bahsida maydonga tushishdi. AGMK – “Lokomotiv” uchrashuvi 29-iyul kuni oʻtkazilishi kutilmoqda.

TTYMI stadionida kechgan bellashuvda asosiy tarkib aʼzolariga qarshi yoshlarimiz bahs olib borishdi. Ayni paytda jarohatidan qutulib alohida tartibda shugʻullanayotgan Marat Bikmayev bilan Abdul-Aziz Yusupov mazkur oʻyinda ishtirok eta olishmadi. Har ikki futbolchimiz individual tarzda mashgʻulotlarni davom ettirmoqda.