Andrey Fyodorov: Durangga loyiq edik

Coca Cola Superligasining 9-turidan o’rin olgan “Lokomotiv” – “Mashal” (0:1) o’yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o’z fikrlarini bildirdi.

“Bugun birinchi bo’limni juda yomon o’tkazdik. Ikkinchi taymda esa harakat qildik. So’nggi o’yinlarda yigitlardan talab qilinayotgan narsalarni chiqarib olish qiyin bo’lyapti. Bu nima bilan bog’liq ekanligini o’zim ham bilmayman. O’yinlarni tahlil qilib, ko’rib chiqamiz. Birinchi bo’limda yaxshi imkoniyatlarga ega bo’ldik, biroq foydalana olmadik.

Mashg’ulotda Marat Bikmayevning jarohati qaytalanib qoldi, shu sababli uning xizmatlaridan foydalana olmadik. Albatta biz ham uning maydonda bo’lishini, uning mahoratidan foydalanishni juda ham istaymiz.
Iste’fo haqida o’ylamayapman. Navbatdagi o’yinlarga tayyorgarlikni kuchaytiramiz”, – dedi Fyodorov.