Bugun futbol. “Lokomotiv” – “Mashʼal” ⚽️

Coca Cola Superligasining 9-turida “Lokomotiv” oʻz maydonida “Mashʼal”ga qarshi bahs olib boradi. 👇

✅ Turnir jadvalida “Loko” 12 ochko bilan 8-oʻrinni egallab turibdi. Toʻplar nisbati 11-11. “Mashʼal” esa 6 ochko toʻplab 11-oʻrinda bormoqda va bu jamoaning toʻplar nisbati 6-10.

✅ Karantindan soʻng dastlabki 3ta bahsda imkoniyatni boy bergan “Lokomotiv” oxirgi ikki uchrashuvni gʻalaba bilan yakunladi. “Temiryoʻlchilar” dastlab “Qizilqum”ni 3:0, soʻngra “Surxon”ni 2:1 hisobida magʻlub etishdi. Umuman olganda mavsum boshidan beri “Loko” 4ta oʻyinda gʻalaba qozongan va barcha gʻalabalar uydagi bahslarda qoʻlga kiritilgan.

👉🏿 Ikki yillik tanaffusdan soʻng yana Superligaga qaytgan “Mashʼal” hozircha bir marta gʻalabaga erishdi. Muborakliklar ilk turda “Soʻgʻdiyona”ni 3:0 hisobida magʻlub etishgandi. Shundan beri oʻtkazilgan 7ta oʻyinning hech birida “gazchilar” zafar qucha olishmadi: 3 durang, 4 magʻlubiyat.

👉🏿 Bilasizmi? “Mashʼal” qatorasiga oxirgi uchta bahsda imkoniyatni boy berdi. Bu magʻlubiyatlar AGMK, “Qoʻqon-1912” hamda “Paxtakor” bilan kuzatildi. Shuningdek, “Mashʼal” oxirgi 4ta oʻyindan beri gol ura olmayapti.

✅ Fakt: Jamoalar shu paytgacha oʻzaro 24ta oʻyin oʻtkazgan boʻlib, shundan 13tasida “Lokomotiv”, 9tasida “Mashʼal”ning qoʻli baland kelgan.

📺 P.S. Soat 19:00da boshlanadigan uchrashuvni “Sport” TV orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatib boring.