Jurnalistlar diqqatiga!

⚽️ 6-iyul kuni Superliganing 8-turidan oʻrin olgan “Lokomotiv” – “Surxon” uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

🏟 “Lokomotiv” stadionida kechadigan bahs 19:00da boshlanadi. Oʻyinga kiruvchilar soni cheklangani bois jurnalistlar va fotomuxbirlardan 6-iyul (dushanba) kuni soat 12:00dan kechiktirmasdan oʻzlari haqidagi maʼlumotni lokomedia@mail.ru elektron pochtasiga yuborishlari soʻraladi.

😷 OAV xodimi yil boshida PFL tomonidan berilgan akkreditatsiyaga ega boʻlishi, karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilishi hamda oʻyin boshlanishiga 30 daqiqa qolganida stadionda boʻlishi shart.

❌ Akkreditatsiyasi boʻlmagan jurnalist stadionga kiritilmaydi.