🎤 Andrey Fyodorov: “Restartdagi ilk gʻalabadan keyin ruhiy tayyorgarlikka koʻproq eʼtibor berdik”

🚂 “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov “Surxon” ustidan qozonilgan gʻalabadan keyin oʻz fikrlarini bildirdi. 👇

– Restartdagi ilk gʻalabadan keyin ruhiy tayyorgarlikka koʻproq eʼtibor berdik. Biz oʻtayotgan barcha oʻyinlarni ogʻir deb hisoblaymiz. Hozirda murabbiylar shtabi bilan nafaqat kelgusi turdagi raqib, balki chempionatning barcha oʻyinlarini kuzatib borishga harakat qilyapmiz.

– Hech bir jamoa oson oʻyin oʻtkazmayapti. Oʻtgan turda “Qizilqum” magʻlub etilganidan keyin ayrim muxlislar “Loko” oʻziga kelib oldi, endi hamma raqibni yanchib tashlasa kerak deb oʻylashdi. Yoʻq, oʻtgan gʻalabadan keyin kichik davr mobaynida futbolchilarni “Surxon”ga qarshi bahs yana-da ogʻir boʻlishini tushuntira olganimiz va bunga erishganimizdan xursandman.

– Futbolchilar ham bizning barcha gapimizni, yoʻriqlarimizni toʻgʻri tushunishmoqda. Hech qaysi jamoa ochkolarni osongina berib qoʻymayapti, ochkolarni tortib olish kerak. Buning uchun juda kuchli xarakter va kasbga fidoyilik boʻlishi talab etiladi. Yigitlarga rahmat, bugun biz haqli gʻalabaga erishdik.