Futzal. Alamli mag’lubiyat

📋 Bugun futzal bo’yicha XXIV O’zbekiston chempionati Oliy liga 2-turining uchinchi kungi bahslari bo’lib o’tmoqda.
Kun doirasida “Lokomotiv” jamoasi “Buxoro”ga qarshi bahs olib bordi va 3:5 hisobida mag’lub bo’ldi. Futzalchilarimiz 0:4 hisobidan keyin 3 bora raqiblari darvozasini ishg’ol qilishdi va tavakkalga qo’l urib, darvozabonning o’rniga 5-futbolchini o’yinga tushirishdi. Biroq “Buxoro” so’nggi soniyalarda darvozamizni ishg’ol qildi va jamoamiz alamli tarzda mag’lubiyatga uchradi.

LOKOMOTIV – BUXORO 3:5
⚽️ Doniyor Saidov, 5 (0:1), Jo’rabek Ahmedov, 8 (0:2), Shamshodjon Savriddinov, 24 (0:3), Shamshodjon Savriddinov, 31 (0:4), Bexruz Samiyev, 36 avtogol (1:4), Sevastyan Mojayev, 38 (2:4), Ilhom Karimov, 39 (3:4), Doniyor Saidov, 40 (3:5)