✅ “Surxon” bilan o’yin Toshkentda bo’ladi

😷 Mamlakatimizning turli xududlarida karantin qoidalari kuchaytirilgani bois Coca Cola Superligasining 8-turidan o’rin olgan “Surxon” – “Lokomotiv” bahsi Termizdan Toshkent shaxriga ko’chirildi.

🚂 O’yin 6-iyul kuni “Lokomotiv” stadionida bo’lib o’tadi va bunda jamoamiz mezbon sifatida harakat qiladi. “Temiryo’lchilar” 2-davra bahsini Termizda o’tkazadi.

🕖 Toshkentda bo’lib o’tadigan o’yin 19:00da start oladi.