Prevyu. “Lokomotiv” – “Qizilqum” 🚂⚽️

1-2-iyul kunlari Coca Cola Superligasida 7-tur uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. 👇

✅ Bugun “Lokomotiv” oʻz maydonida “Qizilqum”ga qarshi bahs olib boradi. Turnir jadvalida “Lokomotiv” 6ta oʻyindan soʻng 6 ochko bilan 10-oʻrinda boryapti. Jamoa ikki bor gʻalaba qozonib, 4 marta magʻlub boʻlgan. Toʻplar nisbati 6-10.

✅ “Qizilqum” esa atigi 1 ochko toʻplagan holda oxirgi oʻrinni egallab turibdi. Navoiyliklar hisobida 1 durang, 5 magʻlubiyat boʻlib, toʻplar nisbati 3-13. “Qizilqum” bu yil Superligada hali gʻalaba qozonmagan uchta jamoadan biri boʻlib turibdi.

✅ Qizigʻi shundaki, har ikki jamoa oʻz ochkolarini karantingacha oʻtgan dastlabki uchta turda yiqqan. “Lokomotiv”ning ikkita gʻalabasi uyda “Andijon” va “Buxoro” bilan kechgan bahslarda qoʻlga kiritilgandi, “Qizilqum” esa safarda “Mashʼal” bilan durang oʻynagan.

✅ Lekin karantindan soʻng negadir ikkala jamoaning ham omadi kelmayapti. “Lokomotiv”ning ketma-ket uch magʻlubiyati “Metallurg” (0:3), “Soʻgʻdiyona” (1:2), “Bunyodkor” (0:2) bilan oʻyinlarda qayd etilgan boʻlsa, “Qizilqum” AGMK (0:1), “Qoʻqon-1912” (0:4) va “Paxtakor” (0:2) bilan kechgan oʻyinlarda imkoniyatni boy berdi.

✅ Navbatdagi toʻqnashuv oldidan mezbon “Lokomotiv”ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Jamoa birinchidan oʻz maydonida oʻynaydi. Ikkinchidan jamoa tarkibida mahoratli futbolchilar koʻproq. Lekin “Qizilqum” ham yuqoriga intilish uchun astoydil kurash olib bormoqda. Bu esa uchrashuv qiziqarli kechishidan darak beradi.

P.S. “Lokomotiv” – “Qizilqum” bahsini bugun soat 19:00dan boshlab “Oilaviy” telekanalida toʻgʻridan toʻgʻri tomosha qiling. 📺