🎤 Javohir Abdualimov bugungi oʻyindan keyin:

🎤 Javohir Abdualimov bugungi oʻyindan keyin:

– Oʻyin yaxshi oʻtdi. Boshida kutilmagan xato tufayli gol oʻtkazib yubordik. Keyin oʻyin oxirlarida hisobni tenglashtirdik. Toʻgʻri joy tanlaganim uchun gol urish qiyin boʻlmadi. Jamoamiz oʻyinida ijobiy oʻzgarishlar bor. Nasib qilsa keyingi turda gʻalaba qozonamiz.

– Safarda “Navbahor” U-21 bilan kechgan bahsda jarohat olgandim. Hozir oʻzimni yaxshi his qilyapman. Uch kun jamoa bilan toʻliq mashgʻulot oʻtkazib bugun maydonga chiqdim. Endi keyingi uchrashuvni “Qizilqum” yoshlariga qarshi oʻtkazamiz. Bu oʻyinda gʻalaba biz tomonda boʻladi deb umid qilaman.