Bugun futbol. “Lokomotiv” – “Soʻgʻdiyona” 🚂⚽️

Bugun Coca Cola Superligasining 5-tur oʻyinlari davom ettiriladi. 👇

✅ Oʻtgan turda magʻlubiyatga uchragan “Lokomotiv” oʻz maydonida avvalgi tur gʻalabaga erishgan “Soʻgʻdiyona”ni qabul qiladi. Turnir jadvalida «Loko» 6 ochko bilan 7-oʻrinni egallab turibdi. “Soʻgʻdiyona” esa 4 ochko toʻplagan holda 11-oʻrinda boryapti.

✅ Aytib oʻtganimizdek, karantindan soʻng dastlabki bahsda «Loko»ning omadi kelmadi. Jamoa oʻz maydonida “Metallurg” bilan kuch sinashib, kutilmaganda 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Soʻgʻdiyona” esa aksincha Jizzaxda “Paxtakor”ni qabul qilib 1:0 hisobida gʻalabaga erishdi.

✅ Bugungi oʻyin «Loko» uchun uydagi toʻrtinchi bellashuv boʻladi. Avvalgi uchta bahsda “temiryoʻlchilar” ikki bor zafar quchib, bir marta magʻlub boʻlishgan. “Temiryoʻlchilar” “Metallurg”ga imkoniyatni boy berishdan oldin uyda “Andijon” (2:1) va “Buxoro” (3:0) ustidan gʻalaba qozonishdi.

✅ Shu paytgacha 4ta oʻyinda maydonga tushgan “Soʻgʻdiyona” hisobida faqat bitta gʻalaba bor. Ulugʻbek Baqoyev shogirdlari bungacha ikki bor magʻlubiyatga uchrab, bir marta durang oʻynashdi. “Soʻgʻdiyona” safardagi ikkita oʻyinda ham imkoniyatni boy bergan: 1-tur “Mashʼal”ga 0:3 hamda 3-tur “Qoʻqon-1912”ga 1:2.

P.S. Soat 19:00da boshlanadigan oʻyinni “Sport” telekanalida toʻgʻridan toʻgʻri kuzatib boring. 📺

🏆 Coca Cola Superligasi 5-tur
“Lokomotiv” – “Soʻgʻdiyona”
Hakamlar: Aziz Asimov, Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Shohrux Said
20-iyun. “Lokomotiv” stadioni. 19:00