“Lokomotiv” stadionida U-19 Osiyo chempionati oʻyinlari oʻtkaziladi 🚂🏟

Bugun U-19 Osiyo chempionatiga qurʼa tashlash marosimi oʻtkazildi. Mazkur musobaqa shu yilning 14-31-oktyabr kunlari tarixda ilk bor Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi. 👇

✅ Oʻyinlarga “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Navbahor” va AGMK stadionlari mezbonlik qiladi. Shuni aytish lozim, “B“ guruhi bellashuvlari, shuningdek ”A“ va ”C“ guruhlarining 3-tur uchrashuvi hamda chorak finalning ikkita va yarim finalning bitta oʻyini ”Lokomotiv” stadionida boʻlib oʻtadi.

🌏 Qurʼa natijalari:

“A” guruhi – Oʻzbekiston, Indoneziya, Kambodja, Eron.
“B” guruhi – Janubiy Koreya, Yaponiya, Iroq, Bahrayn.
“C” guruhi – Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Vetnam, Laos.
“D” guruhi – Qatar, Tojikiston, Malayziya, Yaman.

🏟 “Lokomotiv” stadionida oʻtkaziladigan uchrashuvlar:

“B” guruhi
❇️ 1-tur. 15-oktyabr. “Lokomotiv” stadioni
15:00. Janubiy Koreya – Bahrayn

❇️ 1-tur. 15-oktyabr. “Lokomotiv” stadioni
19:00. Yaponiya – Iroq

❇️ 2-tur. 18-oktyabr. “Lokomotiv” stadioni
15:00. Bahrayn – Yaponiya

❇️ 2-tur. 18-oktyabr. “Lokomotiv” stadioni
19:00. Iroq – Janubiy Koreya

❇️ 3-tur. 21-oktyabr. “Lokomotiv” stadioni
15:00. Janubiy Koreya – Yaponiya

“A” guruhi
❇️ 3-tur. 20-oktyabr. “Lokomotiv” stadioni
19:00. Kambodja – Eron

“C” guruhi
❇️ 3-tur. 21-oktyabr. “Lokomotiv” stadioni
19:00. Saudiya Arabistoni – Avstraliya

❇️ 1/4 final. 24-oktyabr. “Lokomotiv” stadioni
19:00. 1-juftlik. “A“ 1-oʻrin – ”B” 2-oʻrin

❇️ 1/4 final. 24-oktyabr. “Lokomotiv” stadioni
15:00. 2-juftlik. “B“ 1-oʻrin – ”A” 2-oʻrin

❇️ 1/2 final. 28-oktyabr. “Lokomotiv” stadioni
19:00. 1-juftlik gʻolibi – 3-juftlik gʻolibi