Andrey Fyodorov: “Magʻlubiyatda oʻzimiz aybdormiz”

Coca Cola Superligasi 5-turida “Soʻgʻdiyona”dan uchralgan magʻlubiyatdan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

– Karantindan keyingi ikkinchi oʻyinda ham biz territorial ustunlikka ega boʻldik. Shuningdek, “Soʻgʻdiyona”dan shunday oʻyinni kutgandik. Ammo raqiblarning yoʻllagan ikki zarbasi va golida oʻzimiz aybdormiz. Dastlabki oʻyinda ham biz gol urish uchun koʻplab vaziyatga ega boʻlgandik. Hozirda bizda vaziyatdan foydalanish borasida muammolar boʻlmoqda. Oʻtgan oʻyinni taxlil qilib, 3-4 kun davomida bu borada qattiq ter toʻkkandik. Himoyadagi ishlarimiz ham yurishmayapti. Bunga qadar himoyada bunaqa oʻynamagandik. Endi yoʻlga qoʻyilgan xatolarni toʻgʻrilash borasida ishlash kerak. Shuningdek, ruxiy holat ham unchalik yaxshi boʻlmayapti. Tarkibimizda tajribali futbolchilar juda koʻp. Bu bizga yuborilgan bir sinov. Biz ushbu holatdan chiqib keta olamiz. Bunday holatga tushib qolishda barchamiz aybdormiz.