Andrey Fyodorov: “Hisob 0:0 boʻlib turgan paytda biz gol urib olishimiz kerak edi”

Coca Cola Superligasi 4-turida “Metallurg”dan uchralgan magʻlubiyatdan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

– Oʻyindan keyin tezda taxlil qilish qiyin. Soʻnggi yillar davomida “Metallurg”ga qarshi oʻyinlar qiyinlashib ketmoqda. Bugun ham shunday boʻlishini kutgandik. Statistikaga eʼtibor bersak, odatda birinchi boʻlib gol urgan jamoa gʻalabaga erishmoqda. “Metallurg”dan shunday oʻyin kutgandik, chunki jamoa oxirgi paytlarda “Lokomotiv”ga qarshi katta kuch bilan oʻynamoqda. Bizda esa muammo shunday boʻlyaptiki, vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Hisob 0:0 boʻlib turgan paytda biz gol urib olishimiz kerak edi. Oʻshanda oʻyin boshqacha notada ketardi. Shuningdek, oʻyinni oʻzgartirish uchun bizda ijobiy hissiyotlar yetishmadi.

Undan tashqari, hujumda agressivlik va kurashuvchanlik ham bizda unchalik oʻxshamadi. Hozircha yoshlarning bunday oʻyinlarda oʻzini koʻrsatishi uchun mahorati yetishmayapti. Yoshlar oʻyindan oʻyinga endi ular ham tajriba toʻplab borishadi. Shuningdek, jamoa ham sekin-sekin yuqori jismoniy holatini tiklab oladi. “Lokomotiv” menga qadar ham shunday hujumkor oʻyin koʻrsatgan va bundan keyin ham bu uslub oʻzgarmaydi. Bunday oʻynash juda-juda qiyin. Biz oʻz prinsiplarimizda qolamiz. Shundan soʻng natija ham keladi. Buni koʻp kutmaymiz.

Uchta gol – “Lokomotiv” uchun juda koʻp. Bu gʻalabada “Metallurg” posbonining oʻrni juda katta. U bizning koʻplab zarbalarimizni qaytardi va gollardan asrab turdi.