🚂 “Lokomotiv” Osiyo chempionlar ligasida qaysi mamlakat jamoalari bilan oʻynagan?

“Lokomotiv”ning OCHLdagi dastlabki ishtiroki 2013-yilga toʻgʻri keladi. 👇

✅ “Temiryoʻlchilar” Osiyo chempionlar ligasidagi ilk uchrashuvni 2013-yil BAAning «Al Nasr» klubiga qarshi oʻtkazgandi. Statistikaga koʻra, «Loko» shu paytgacha OCHLda Osiyoning 6ta davlat klublariga qarshi bahs olib borgan. Bular – BAA, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Qatar, Eron va Tojikiston.

✅ “Lokomotiv” shu paytgacha BAA va Eronning toʻrtta, Saudiya Arabistoni bilan Qatarning uchta hamda Quvayt va Tojikistonning bittadan klubiga qarshi maydonga tushgan. OCHLda eng koʻp oʻyin «Al Vahda», «Al Hilol» va «Al Ittihod» klublariga qarshi oʻtkazilgan: 4-martadan.

Quyida “Lokomotiv”ning OCHLda kimlar bilan qachon oʻynaganini keltirib oʻtamiz:

🇦🇪 BAA
1. «Al Nasr» (2013, 2016)
2. «Al Ayn» (2016)
3. «Al Ahli» (2017)
4. «Al Vahda» (2018, 2019)

🇰🇼 QUVAYT
1. «Quvayt SK» (2014)

🇸🇦 SAUDIYA ARABISTONI
1. «Al Hilol» (2015, 2016)
2. «Al Ittihod» (2016, 2019)
3. «Al Taavon» (2017)

🇶🇦 QATAR
1. «Al Sadd» (2015)
2. «Al Duhayl» (2018)
3. «Al Rayan» (2019)

🇮🇷 ERON
1. «Fulad» (2015)
2. «Sepaxon» (2016)
3. “Istiqlol” (2017)
4. «Zobahan» (2018)

🇹🇯 TOJIKISTON
1. “Istiqlol” (2020)