“Lokomotiv“ goleadorlari (2010 — 2019-yillar) 🚂⚽️

Oʻtgan oʻn yillikda “Lokomotiv“ faoliyatiga oid raqamlarni keltirishda davom etamiz. 👇

Bugun 2010 — 2019-yillar oraligʻida oliy ligada eng koʻp gol urgan futbolchilarni keltirib oʻtamiz. Shuni aytish lozim, bu vaqt orasida “Loko“ raqiblar darvozasiga 510ta gol urib, oʻz darvozasidan 208 marta toʻp oʻtkazib yuborgan.

⚽️ Jamoamiz toʻpurarlari:

1. Marat Bikmayev — 65 gol
2. Temurxoʻja Abduxoliqov — 47 gol
3-4. Sanjar Shoahmedov, Farhod Tojiyev — 30 gol.
5. Sardor Mirzayev — 27 gol
6. Islom Toʻxtaxoʻjayev — 19 gol
7. Ivan Nagayev — 17 gol
8. Zayniddin Tojiyev — 15 gol
9-11. Akmal Xolmatov, Timur Kapadze, Sadriddin Abdullayev — 11 gol.

👇 Oxirgi 10 yillikda:

Dastlabki gol muallifi: Olim Novkarov
Dastlabki dubl muallifi: Aleksandr Shadrin
Dastlabki xet-trik muallifi: Farhod Tojiyev