Andrey Fyodorov ramziy termadan o’rin oldi

Sportbox.ru talqiniga koʻra, Rossiya chempionatida oʻynagan Oʻrta Osiyoning eng kuchli legionerlari ramziy terma jamoasi tuzildi.

🚂 Ushbu terma jamoadan “Lokomotiv“ bosh murabbiyi Andrey Fyodorov ham oʻrin oldi.

✅ Andrey Vitalyevich ramziy jamoada “Rubin“ futbolchisi sifatida koʻrsatilgan.

👉🏿 Maʼlumot uchun, Andrey Fyodorov 2000-2008-yillar mobaynida “Rubin“ sharafini himoya qilgan.

🇺🇿 Terma jamoadan shuningdek, AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchilari Aleksey Polyakov, Oleg Pashinin, Vladimir Maminov hamda hozirgi yulduzlardan Odil Ahmedov bilan Eldor Shomurodov ham joy olishdi.