Oʻtgan 10 yillikka oid baʼzi faktlar 🚂⚽️

Oʻzbekistonning uch karra chempioni “Lokomotiv” oʻtgan 10 yillikning faqat bir mavsumini (2011) birinchi ligada oʻtkazgan. Oʻshanda jamoa 2010-yil yakunlariga koʻra oliy ligani tark etgandi.

Oʻtgan oʻn yil ichida “Lokomotiv” oliy ligada jami 252ta uchrashuv oʻtkazib, shundan 150tasida gʻalaba qozongan. 53ta bahs durang bilan yakun topgan boʻlsa, “temiryoʻlchilar” 49 oʻyinda magʻlub boʻlishgan.

Qiziqarli faktlar:

15 – “Lokomotiv”ning “Navbahor” va “Buxoro”ga qarshi gʻalabalari soni aynan 15tani tashkil etyapti. Demak, “Loko” oʻtgan oʻn yilda eng koʻp shu ikki jamoani magʻlub etgan.

1 – “Xorazm” va “Surxon” klublari shu paytgacha faqat bir martadan magʻlubiyatga uchratilgan.

44 – Oʻtgan oʻn yillikda “Bunyodkor” darvozasiga kiritilgan jami gollar soni 44tani tashkil qilyapti.

2 – Jamoamiz “Xorazm”, “Surxon” va “Obod”dan hozirgacha faqat ikkitadan gol oʻtkazib yuborgan.

+31 – Bu koʻrsatkich “Soʻgʻdiyona”ga qarshi oʻzaro oʻyinlardagi toʻplar farqi.