2012/13 yilgi mavsum. “Lokomotiv“ futzalchilarining ilk chempionligi 🚂👍

“Lokomotiv“ futzal klubi uchun 2012/13 yilgi mavsum omadli kelib jamoamiz oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston chempioni boʻlgandi. 👇

Oʻshanda futzal boʻyicha Oʻzbekiston chempionati 2012-yilning oktyabr oyida start olib, 2013-yilning aprel oyida yakuniga yetgandi. 10ta jamoa qatnashgan musobaqada “Loko“ futzalchilari oltin medallarni qoʻlga kiritishgan.

👉🏿 Oʻsha mavsum ikkinchi oʻrinni “Ardus“, uchinchi oʻrinni esa “Maksam-Chirchiq“ egallagandi. Chempionatda qatnashgan jamoalar: “Stroitel-Zarafshon“ (Zarafshon), “Ardus“ (Toshkent), “Turon-S“ (Andijon), “Kogon“ (Kogon), “Maksam-Chirchiq“ (Chirchiq), “Guliston“ (Guliston), “Bunyodkor“ (Toshkent), “Lokomotiv“ (Toshkent), “Paxtakor“ (Toshkent) va “Nafis“ (Samarqand).

👉🏿 Mavsumiy chempionatda “Loko“ “Ardus“dan keyin ikkinchi oʻrin bilan pley-off bahslariga yoʻllanma olgan. “Temiryoʻlchilar“ 18 oʻyindan 16tasida gʻalaba qozonib, ikki bor magʻlubiyatga uchrashgan, toʻplar nisbati 117-35 koʻrinish olgandi.

👉🏿 2013-yilning fevral oyidan boshlab pley-offga start berilgan. Oʻyinlar qaysi bir jamoaning ikkita gʻalabasiga qadar davom etgan.

✅ 1/4 final. 21-22-fevral
“Kogon“ — “Lokomotiv“ 0:2 (2:11, 3:7)

✅ 1/2 final. 16-17-aprel
“Maksam-Chirchiq“ — “Lokomotiv“ 0:2 (1:2, 4:6)

✅ Final. 25-26-aprel
“Lokomotiv“ — “Ardus“ 2:0 (2:1, 5:4)

⚽️ Musobaqa toʻpurarlari: Dilshod Rahmatov (“Ardus“) — 49 gol, Muxtor Abdukarimov (“Turon-S“) — 29 gol, Konstantin Sviridov (“Lokomotiv“) — 27 gol.

👉🏿 Ushbu chempionlik “Lokomotiv“ga futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish yoʻllanmasini taqdim etgandi.