📆 Tarixda bugun. “Navbahor” – “Lokomotiv” 2:2

👉🏿 Uch yil oldin shu kuni “Lokomotiv” Namanganda “Navbahor” mehmoni boʻlgandi. 👇

Oliy liganing 9-turidan oʻrin olgan bahs juda qiziqarli kechib, 2:2 hisobida yakun topgan. Oʻyinda dastlab Dilshod Jabborov gol urgan, 24-daqiqaga kelib Sardor Mirzayev hisobni tenglashtirgandi.

Birinchi taym tugashiga uch daqiqa qolganida Marat Bikmayev “temiryoʻlchilar”ni oldinga olib chiqadi. Ikkinchi taym start olgach oradan koʻp oʻtmay Aziz Turgʻunboyev toʻp kiritib, shu tariqa 2:2 hisobi oʻyin oxirigacha oʻzgarmay qolgandi.

Oliy liga, 9-tur. 04.05.2017

NAVBAHOR – LOKOMOTIV 2:2

Gollar: Dilshod Jabborov (16), Aziz Turgʻunboyev (47) – Sardor Mirzayev (24), Marat Bikmayev (42).

Bosh hakam: Ravshan Ermatov.

“Navbahor”: Asilbek Amonov, Alisher Samatov (Mansur Saidov, 67), Hasanboy Ergashev (Abbos Otaxonov, 46), Gʻiyos Komilov, Oybek Qilichev, Dilshod Jabborov, Mirzohid Gʻofurov, Aʼzam Aliyev, Jahongir Mehmonov, Azizbek Turgʻunboyev (Alisher Mirzayev, 89), Nemanya Yovanovich.

“Lokomotiv”: Maʼmur Ikromov, Ikrom Aliboyev (Kaxi Maxaradze, 71), Marat Bikmayev (Diyor Turopov, 67), Sardor Mirzayev, Islom Toʻxtaxoʻjayev, Murod Bobojonov, Shuhrat Muhammadiyev, Quvondiq Roʻziyev (Salamat Qutibayev, 87), Oleg Zoteyev, Muhammad Kone, Jaloliddin Masharipov.