📆 Tarixda bugun. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 3:0

🚂 2015 yilning 13 aprel kuni “Lokomotiv” o’z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qilgandi. 👇

Oliy liganing 4-turidan o’rin olgan bahsda “temiryo’lchilar” 3:0 hisobida zafar quchishgan. Ravshan Ermatov boshqarib borgan o’yinda dastlab Temurxo’ja Abduxoliqov hisobni ochgandi.

54-daqiqada katta Jasur Hasanov hisobni 2:0ga etkazgan. 88-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Ruslan Koryan o’yinga yakuniy nuqtani qo’ygandi – 3:0. Eslatib o’tamiz, “Loko” 2015 yil oliy ligani 2-o’rinda tugatgan.

13.04.2015. Oliy liga 4-tur

“Lokomotiv” – “Bunyodkor” 3:0

Gollar: T.Abduxoliqov, 46 – penalti. Jasur Hasanov, 54. Ruslan Koryan, 88.

“Lokomotiv”: Ma’mur Ikromov, Shavkat Mullajonov, Sardor Mirzayev, Temurxo’ja Abduxoliqov (Ruslan Koryan, 72), Lutfulla To’rayev (Timur Kapadze, 59), Jasur J. Hasanov, Jasur O. Hasanov, Islom To’xtaxo’jayev, Sanjar Shoahmedov, Ikrom Aliboyev, Nemanya Yanichich (Salim Mustafoyev, 67).

“Bunyodkor”: Akbar To’rayev, Akmal Shorahmedov, Shaker Zuagi (Samir Bekrich, 61), Sato Minori, Ivan Miloshevich, Artyom Fimliposyan, Doston Hamdamov (Otabek Shukurov, 64), Zabixillo O’rinboev, Sardor Rashidov, Sardor Sobirxo’jayev (Eldor Shomurodov, 55), Akrom Komilov.

Chetlatish: Eldor Shomurodov, 66.