Tarixda bugun. “Paxtakor” – “Lokomotiv” 1:2

2013-yilning 19-aprel kuni 🚂 “Lokomotiv” safarda “Paxtakor” mehmoni boʻlgandi. 👇

Oliy liganing 6-turidan oʻrin olgan mazkur bahs nihoyatda qiziq kechgan boʻlib, “Lokomotiv” bu oʻyinda 2:1 hisobida zafar quchgan. Bu “Lokomotiv”ning safarda “Paxtakor” ustidan dastlabki gʻalabasi boʻlgandi.

“Temiryoʻlichlar” shuningdek 2017 va 2018-yilgi mavsumlarda ham safarda “Paxtakor”ni magʻlub eta olishgan. 2013-yil boʻlib oʻtgan oʻyinni Ravshan Ermatov boshqargan, Akmal Xolmatov va Viktor Karpenko tomonidan kiritilgan gollar jamoamizga gʻalaba keltirgandi.

👉🏿 Oliy liga, 6-tur. 19.04.2013

👉🏿 “Paxtakor” – “Lokomotiv” 1:2

⚽️ Gollar: Kaxi Maxaradze (24) – Akmal Xolmatov (28), Viktor Karpenko (34).

“Paxtakor”: Aleksandr Lobanov, Gʻulom Oʻrunov, Kaxi Maxaradze, Temurxoʻja Abduxoliqov, Jamshid Iskanderov, Ildar Mamatkazin, (Akbar Ismatullayev, 39), Aleksandr Merzlyakov, Davron Hoshimov, Ilhom Suyunov (Igor Sergeyev, 72), Vladimir Kozak, Oybek Qilichev (Jora Oganesyan, 50).

“Lokomotiv” Pavel Bugalo, Bobur Yoʻldoshev, Sadriddin Abdullayev (Dilshod Rahmatullayev, 72), Akmal Xolmatov, Farhod Tojiyev, Jasur Hasanov (Sanjar Tursunov, 75), Salim Mustafoyev, Islom Inomov, Islom Toʻxtaxoʻjayev, Viktor Karpenko (Ivan Nagayev, 79), Dilshod Jabborov.

Bosh hakam: Ravshan Ermatov