Temurxoʻja Abduxoliqov “Buxoro”ga qarshi o’yindan keyingi fikrlarini bildirdi

Temurxoʻja Abduxoliqov “Buxoro” bilan oʻyindan keyin:

– Birinchi taymni yaxshi oʻtkazdik, lekin ikkinchi boʻlimda biroz boʻsh oʻyin koʻrsatdik. Raqib ham gol urish uchun astoydil harakat qildi. Avvalgi turda “Navbahor”ga magʻlub boʻlganimiz uchun bu gal yutmasak boʻlmasdi. Namangandagi magʻlubiyatga yuz foiz oʻzimiz aybdor deb hisoblamayman. Yaxshisi bu oʻyinni sharhsiz qoldiraman.

– Yubileyga yana bitta gol qoldi. Ichingizdan nimalar oʻtyapti?
– Toʻgʻrisi, bu haqda oʻylaganim yoʻq. Bugun ikkita yo uchta gol urishim ham mumkin edi. Agar 100lik marra haqida oʻylasam, bu bosim yuklaydi. Shuning uchun eʼtiborim faqat jamoamiz gʻalabasiga qaratilgan.