Coca Cola Superligasi 3-turida “Buxoro” mag‘lub etilganidan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Ilk navbatda yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman. Yigitlar nafaqat natija, balki o‘yin bobida ham yuqori sifat qayd eta olishdi. Bu endi 3-tur. Ilk turda “Andijon”ga qarshi o‘yindan keyin ham aytib o‘tganimdek, kollektvimiz yangi va ular hali jipslashib olganicha yo‘q. Hozircha ular biz kutganimizdek o‘ynay olishmayapti. Biroq ular o‘yin davomida faqatgina kurashib, to‘p uchun talashmasdan, o‘yinga bo‘lgan chanqoqlikni ko‘rsata olishmoqda. “Buxoro” uzun paslardan voz kechib, kichik paslar orqali o‘yin ko‘rsatishni boshlagan paytda biz ham ortda o‘ynashga majbur bo‘ldik. O‘shanda to‘p uchun kurashishga qiynaldik. Raqiblar tarkibida boshi bilan yaxshi zarba bera oladigan futbolchilar borligi uchun iloji boricha to‘pni xavoga ko‘tarmadik. Raqiblar yaratgan bir necha xavfli vaziyatlarni yo‘qqa chiqardik. Gol o‘tkazib yubormaganimizdan xursandman.
– Raqiblar haqida qanday fikrdasiz?
– “Buxoro” ham yomon jamoa emas. Ularning tarkibida ham katta o‘zgarishlar bo‘ldi. To‘g‘ri, natijalar borasida unchalik holat yaxshi emas. Ayta olamanki, ushbu jamoaning tarkibini yuqori sifatli futbolchilar tashkil etadi.
– Temurxo‘ja Abduxoliqov agar yana bir gol urganida faoliyatidagi gollari soni 100taga yetib, Gennadiy Kraniskiy klubiga a’zo bo‘lishini bilganmidingiz?
– To‘g‘risini aytsam, bilmagandim. U bugunning o‘zida uchta gol urib, ushbu klubga a’zo bo‘lishi mumkin edi.
– Keyingi o‘yinda jamoa unga bu borada yordam beradimi?
– Faqat unga o‘ynashmi? Balki bundan buyog‘iga u zaxirada qolar, qaerdan bilasiz? Balki uning 100-golini urishiga to‘sqinlik qilarman (kuladi).
– Yangi legionerlar jamoaga qanchalik darajada moslashib ketdi?
– Hozircha ular jamoaga unchalik darajada moslasha olishmadi. Legionerlar jamoaga, chempionatga, mamlakatga moslashishda davom etishmoqda. Umid qilamanki, bu jarayon kutganimdan tezroq o‘tib ketadi.