Rifat Akramxo’jaev: “Maqsadimiz – yoshlarni pishitib borish”

“Lokomotiv” U-18 bosh murabbiyi Rifat Akramxo’jaev bugungi o’yindan keyin o’z fikrlarini bildirdi.

– O’yin bizning ustunligimiz ostida kechdi. Afsuski, birinchi taymda vaziyatlardan foydalana olmadik. Hali ko’p ishlash kerak, nasib qilsa o’yindan o’yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz esa yoshlarni pishitib borish. Tanaffusdan keyin ancha xotirjam harakat qilib, buning evaziga 2:0 hisobida zafar quchdik.

– Birinchi taym qanchalik og’ir kechdi?
– Og’ir o’tganining sababi vaziyatlardan foydalana olmaganimiz. Qolgan hollarda o’yin tizginini o’z qo’limizga oldik. Raqib esa aytarli qiyinchilik tug’dira olmadi.

– Uchta tur bo’yicha qisqacha xulosangiz?
– Har bir o’yinda kamchiliklar nimada ekanligini o’rganishga harakat qilyapmiz. Shuningdek, asosiy tarkibni to’liq aniqlab olganimiz yo’q. Uch o’yinda uch xil tarkib maydonga tushdi. Hali o’yinlar ko’p va barchani ko’zdan kechirishga fursat bo’ladi.