Futzal. 1-turning uchinchi kunida jamoamiz 6ta gol urdi

Futzal bo’yicha O’zbekiston chempionatining 1-tur uchinchi kun bahslariga start berildi.

“Lokomotiv” futzal klubi “Nasaf”ga qarshi bahs olib borib 6:4 hisobida zafar quchdi. Birinchi taymdan so’ng jamoamiz 1:3 hisobida ortda borayotgandi.

Futzalchilarimizdan gollarga Sarvar Shoahmedov, Xayrulla Solihov hamda Sevastyan Mojayev (har uchalasi 2tadan) mualliflik qilishdi. Ahad Yusupov shogirdlarini ushbu g’alaba bilan tabriklaymiz.

#LPFC #LokomotivUzb #GoReds