Futzal. “Maksam-Chirchiq”qa mag’lub bo’ldik

Kecha futzal bo’yicha O’zbekiston chempionati start olgandi.
1-tur bahslariga Farg’ona mezbonlik qilayotgan musobaqa 2-kunida jamoamiz “Maksam-Chirchiq”qa qarshi bahs olib bordi va 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoamiz tarkibida gollarni Jamoliddin Sharipov, Ilxom Karimov hamda Sebastyan Mojayev kiritdi.
Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” futzal jamoasi chempionatning ilk o’yinida “Bunyodkor”ga qarshi o’yinda durang qayd etgandi.