Bugun futbol. ‘Navbahor’ – ‘Lokomotiv’

Bugun Superliganing 2-tur bahslariga start beriladi.

Dastlabki turni g’alaba bilan yakunlagan ‘Lokomotiv’ zafarli odimini davom ettirish maqsadida ‘Navbahor’ga qarshi bahs olib boradi.

– Uchrashuv 18:15da start oladi va ‘Sport’ telekanali orqali to’g’ridan-to’g’ri efirga uzatilishi kutilmoqda.

– ‘Loko’ shu paytgacha Namanganda 16 o’yin o’tkazib, shundan 7tasida zafar quchgan. Uch uchrashuv durang natija bilan yakun topgan bo’lsa, 6 bor mag’lub bo’lganmiz. To’plar nisbati 28-19.

– ‘Loko’ safida Namanganda eng ko’p gol urgan futbolchi Sardor Mirzayev bo’lib, u bungacha 4ta to’p kiritgan. Bu borada ikkinchi o’rin Sardor Rashidovga tegishli va uning hisobida ikkita gol bor.

– Shu paytgacha Namanganda gol urgan futbolchilar: Sardor Mirzayev – 4, Sardor Rashidov – 2, Ilhom Mo’minjonov – 1, Aziz Haydarov – 1, Marsel Idiatullin – 1, Dilshod Rahmatullayev – 1, Bindi Mustafo – 1, Akmal Xolmatov – 1, Ivan Nagayev – 1, Temurxo’ja Abduxoliqov – 1, Lutfulla To’rayev – 1, Mo’ydin Mamazulunov – 1, Sanjar Shoahmedov – 1, Marat Bikmayev – 1, Kaxi Maxaradze – 1.

– Safarda ‘Navbahor’ga gol urgan 15 futbolchidan 3 nafari bugungi kunda ham jamoamiz a’zosi hisoblanadi. Bular – Temurxo’ja Abduxoliqov, Marat Bikmaev va Kaxi Maxaradze.

– Bugungi o’yinni Temur To’xtasinov boshchiligida hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bilasizmi, o’tgan yil ham Namanganda kechgan bahsni shu hakam boshqargan. Qiziqarli kechgan bahs ‘Loko’ foydasiga 1:0 hisobida yakun topgan.

‘Navbahor’ – ‘Lokomotiv’ qarama-qarshiligi: Namanganda qayd etilgan natijalar

2004. “Navbahor” – “Lokomotiv” – 0:0

2005. “Navbahor” – “Lokomotiv” – 3:0

2006. “Navbahor” – “Lokomotiv” – 3:0

2007. “Navbahor” – “Lokomotiv” – 6:2
Gollar: I.Mo’minjonov (17), A.Haydarov (73 pen).

2008. “Navbahor” – “Lokomotiv” – 3:1
Gol: M.Idiatullin (66)

2009. ‘Navbahor” – “Lokomotiv” – 2:0

2010. “Navbahor” – “Lokomotiv” – 2:0

2012. “Navbahor” – “Lokomotiv” – 0:2
Gollar: D.Rahmatullayev (39), B.Mustafo (83).

2013. “Navbahor” – “Lokomotiv” – 1:1
Gol: A.Xolmatov (83).

2014. “Navbahor” – “Lokomotiv” – 0:1
Gol: I.Nagayev (45+1).

2015. “Navbahor” – “Lokomotiv” – 2:3
Gollar: T.Abduxoliqov (44), L.To’raev (90+1), M.Mamazulumov (90+2).

2016. “Navbahor” – “Lokomotiv” – 2:3
Gollar: S.Mirzayev (50,56), S.Shoahmedov (68).

2017. “Navbahor” – “Lokomotiv” – 2:2
Gollar: S.Mirzayev (24), M.Bikmayev (42).

2018. Birinchi bosqich. “Navbahor” – “Lokomotiv” – 2:0
2018. Ikkinchi bosqich. “Navbahor” – “Lokomotiv” – 0:3
Gollar: S.Rashidov (10, 54), K.Maxaradze (90+3 pen).

2019. “Navbahor” – “Lokomotiv” – 0:1
Gol: S.Mirzayev (59).