Yoshlarimiz oʻrtoqlik uchrashuvida Qirgʻiziston klubini magʻlub etishdi

Dilshod Nuraliyev boshchiligidagi “Lokomotiv” U-21 jamoasi Qirgʻizistonning “Lider” klubiga qarshi nazorat bahsi oʻtkazdi.

“Obod” stadionida kechgan oʻyinda futbolchilarimiz 3:2 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvda dastlab Anvar Alijonov hisobni ochgan boʻlsa, keyinchalik Rahmonali Roʻziyev 2:0 koʻrinishga keltirdi.

“Lider” futbolchilari ikkinchi taymda 0:2ni 2:2ga aylantira olishdi. Hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalarda esa raqib darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik jarima toʻpini Toxir Rafaelov golga aylantirib “temiryoʻlchilar”ning 3:2 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi.

Oʻrtoqlik uchrashuvi. “Lokomotiv” U-21 – “Lider” 3:2

“Lokomotiv” U-21 tarkibi: Hojiakbar Joʻrayev, Ilhom Nazarov, Otabek Turopov, Rahmonali Roʻziyev, Mehroj Abdusametov, Zayniddin Toʻxtasinov, Nurmuhammad Toshpoʻlatov, Javohir Abduolimov, Azamat Abduxalilov, Anvar Alijonov, Bobur Sobirov.

Zaxiradan tushganlar: Dilshod Yoqubov, Shohruh Isoqov, Yashnar Rahmonov, Joʻrabek Ergashev, Otabek Joʻrayev, Ulugʻbek Sunnatov, Asror Oʻrinboyev, Behruz Boltaboyev.